Varikoz — bu faqat tashqi ko‘rinishdagi muammo emas, balki qon aylanishidagi buzilish belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda oyoqlarda og‘riq, og‘irlik, shish paydo bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik buni “yoshga bog‘liq holat” deb, shifokorga murojaat qilmaydi. Lekin erta tashxis va davolash orqali operatsiyalardan qochish mumkin.
Irsi moyillik (agar ota-onada yoki buvilarida bo‘lsa)
Uzoq vaqt tik yoki o‘tirgan holda ishlash
Ortiqcha vazn
Homiladorlik
Gormonal o‘zgarishlar
Tomir devorlarining zaifligi
🔹 Tashqariga chiqqan tomirlar
🔹 Kechga tomon oyoqlarda shish
🔹 Og‘riq yoki “yonish” hissi
🔹 Tunlari to‘satdan qaltirashlar (sudoroglar)
🔹 To‘piqlar atrofidagi teri rangi o‘zgarishi
📌 Bu belgilarning mavjudligi — varikoz rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Ha, bo‘ladi. Kimyo University Hospital klinikasida quyidagi zamonaviy usullar qo‘llaniladi:
EVLK (Endovenoz lazer koagulyatsiyasi)
Skleroterapiya — tomir ichiga maxsus modda yuboriladi
Radiochastotali ablyatsiya
Klassik jarrohlik — murakkab holatlarda
Barcha usullar tez, og‘riqsiz, kesishlarsiz va tiklanish davri qisqa bo‘ladi.
Varikosel — bu moyak atrofidagi tomirlarning kengayishi. Har doim og‘riqli bo‘lmasligi mumkin, ammo:
🔹 Moyakda og‘irlik, noqulaylik
🔹 Moyakning asimmetriyasi
🔹 Urug‘ sifati pasayishi (be’pushtlik)
🔹 Psixologik noqulayliklar
Potensiyaga ta’sir qiladimi?
Ko‘pchilikda yo‘q. Lekin kuchli shakllarda urug‘ ishlab chiqarishga ta’sir qilishi mumkin.
Agar og‘riq va be’pushtlik bo‘lmasa — kuzatuv mumkin. Ammo:
Og‘riq bo‘lsa
Farzand ko‘rish bilan muammo bo‘lsa
Estetik noqulaylik bo‘lsa
— jarrohlik tavsiya etiladi. Bizda mikroinvaziv, xavfsiz usullar qo‘llaniladi.
Varikoz va varikosel — “faqat ko‘rinishdagi” emas, balki davolanishi kerak bo‘lgan holatlar.
Qanchalik erta murojaat qilsangiz, davolash shunchalik oson va samarali bo‘ladi.
📞 Kimyo University Hospital’da qon tomir jarrohlari va urologlar sizga eng yaxshi yechimni taklif etadi.