Kimyo University Hospital statsionar bo'limi yotib davolanishga zarurati bo’lgan bemorlarga har tomonlama yordam ko'rsatishga mo’ljallangan. Sifat va bemorlarning salomatligiga e'tibor qaratish, statsionar bo'limimiz yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etishida asos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy palatalarimiz qulaylik va iqtisodiy samaradorlik muvozanatini taklif qiladi. Bu turdagi palatamizda siz hamyonbop narxlarda sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Hoziroq band qilingQulaylik va shinamlikni o’zida mujassam qilgan bo’lib, ushbu palatalar tinchlik muhitini afzal ko'radigan bemorlar uchun mo'ljallangan.
Hoziroq band qilingBu turdagi palatalarimiz qo’shimcha qulaylik va individual parvarish xohlovchilar uchun mo’ljallangan. Bunday palatalarimizda televizor, muzlatgich va shaxsiy sanuzel mavjud.
Hoziroq band qilingBemorga yo'naltirilgan yondashuv bilan bizning statsionar bo'limimiz nafaqat tibbiy yordam, balki emotsional yordam va qulaylikni ta'minlashga ham e'tibor qaratadi. Biz bemorlarni tinglaydigan, hurmat qiladigan va sog'liqni saqlash yo'lida faol ishtirok etadigan muhit yaratishni maqsad qilganmiz.
Qulayliklar: Siz odatdagi ikki kishilik palatani, bir kishilik yotoqli VIP bo'limni yoki umumiy bo'limni tanlaysizmi, biz sizning muolaja davringiz davomida qulayligingiz va o’zingizni bexavotir his qilishingizni birinchi o'ringa qo'yamiz.
Sog'lomlashtirish yo'lida sizning hamrohingiz bo'lishdan faxrlanamiz.