Ko‘plab insonlar shunday holatga duch kelishadi: parhezga rioya qilishlariga, shirinliklardan voz kechishlariga va muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlariga qaramay, vazn kamaymaydi. Bunday holatlarda sabab faqat ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lmay, sog‘liq holati bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Vazn kamayishining qiyinlashishiga olib keladigan eng ko‘p uchraydigan sabablardan biri insulinrezistentlikdir. Bu holatda organizm insulin gormoniga yetarli darajada javob bermaydi, natijada yog‘ to‘qimalari ko‘proq to‘planadi va ozish jarayoni qiyinlashadi.
Qalqonsimon bez moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Uning faoliyati pasayganda metabolizm sekinlashadi, bu esa vazn ortishi, doimiy charchoq va vazn tashlashdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Gormonal muvozanatning buzilishi ishtaha, moddalar almashinuvi tezligi hamda organizmning energiyadan samarali foydalanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Surunkali stress va uyquning yetarli bo‘lmasligi ochlik hissini kuchaytiruvchi gormonlar miqdorini oshirishi hamda ortiqcha vazn to‘planishiga olib kelishi mumkin.
Agar parhezga rioya qilayotgan va muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz-u, ammo uzoq vaqt davomida vazningiz o‘zgarmasa, tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya etiladi. Agar muammo organizmdagi ichki buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, mustaqil ravishda ozishga urinishlar har doim ham samarali bo‘lavermaydi.
Kimyo University Hospital’da ortiqcha vazn sabablarini aniqlash bo‘yicha kompleks diagnostika amalga oshiriladi. Bemorlar endokrinolog konsultatsiyasidan o‘tishlari, laborator tahlillar topshirishlari va zarur instrumental tekshiruvlardan o‘tishlari mumkin.
Mutaxassislarimiz insulinrezistentlik, qalqonsimon bez kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va vazn kamayishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa omillarni aniqlashga yordam beradi. Tekshiruv natijalariga asoslanib, individual davolash rejasi va turmush tarzini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Vaznni kamaytirish nafaqat tashqi ko‘rinish masalasi, balki qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa jiddiy sog‘liq muammolarining oldini olishdagi muhim qadamdir.
Kimyo University Hospital’da konsultatsiyaga yoziling va ortiqcha vazn sabablarini aniqlash hamda samarali davolash usulini tanlash bo‘yicha professional yordam oling.