Asarda yurtimiz qahramonlari sevimli shifokorlarimiz ish jarayonidagi holati tasvirlangan. Rassom ushbu asari orqali tibbiyot hodimlarining sharafli ishlariga hurmat va mehrni tasvirlashga harakat qilgan. Tasvir tez yordam mashinasi ichki ko`rinishi tasvirlangan. Unda shifokor va hamshiraning bemorga tibbiy yordam berilayotgani tasvirlangan. Shifokor, chap tomonda, oq tibbiy qalpoq kiygan va bemorni tekshirayotgani hamda O'ng tarafdagi hamshira o'z e'tiborini bemorga qaratgan holda tibbiy eslatma qog`ozini ushlab turgani tasvirlangan. Umumiy ranglar palitrasi yumshoq bo'lib, ko'k va sariq ranglar sahnada tinch, ammo jiddiy muhit beradi.