"Kimyo University Hospital" ning reanimatsiya bo'limida bir to'shakli aseptik bo'limlar mavjud bo’lib; bo'limdagi har bir yotoq o'pkani sun'iy shamollatish moslamasi va hayotiy funktsiyalar holatini (puls, qon bosimi, tana harorati, arteriya va markaziy tomirlardagi bosim, intrakranial bosim) nazorat qilish uchun ekran bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Elisa600 kabi eng zamonaviy texnologiya - inson nafas olish tizimiga kerakli kislorod konsentratsiyasi va toza havo aralashmasini yetkazib berib, o'pkadan karbonat angidridni xaydab chiqaradigan qurilma mavjud. Yana bir qurilma, nCPAP - nafas olishi mo'tadil bo'lmagan yangi va erta tug'ilgan chaqaloqlarni ko'chirishdan oldin ularning holatini barqarorlashtirish maqsadida ishlatiladigan maxsus qo'llab-quvvatlovchi bilan ham ta'minlangan.