Reabilitatsiya - bu kasallik, jarohat yoki jarrohlikdan so'ng salomatlik, funksionallik va hayot sifatini tiklashga qaratilgan jismoniy mashg`ulotlar majmui. Bizning maqsadimiz bemorlarga jismoniy, psixologik va ijtimoiy faollikning eng yuqori darajasiga qaytishga yordam berishdir.

Individual yondashuv

Har bir bemor uchun uning xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqib va joriy qilishdir. Mutaxassislarimiz eng yaxshi natijalarga erishish uchun bemorlar va ularning oilalari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.

Bizning mutaxassislarimiz

Bizning jamoamiz reabilitatsiya sohasida katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat. Ular doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib, maksimal natijalarga erishish uchun eng yangi usul va texnologiyalardan foydalanadilar.

Reabilitatsiya ko`rigi uchun qanday ro'yxatdan o'tish kerak?

Batafsil ma'lumot va maslahat olish uchun +998 55 508 40 40 telefon raqami orqali biz bilan bog'laning yoki veb-saytimizdagi shaklni to'ldiring. Biz har doim tiklanish yo'lida sizga yordam berishga tayyormiz.

To'liq tavsif