
Kimyo University Hospital jarrohlik bo'limiga xush kelibsiz, bu yerda biz sizning sog'lig'ingiz va farovonligingizni birinchi o'ringa
qo'yamiz.
Bizning jarrohlarimiz umumiy jarrohlikdan tortib ixtisoslashtirilgan muolajalargacha bo'lgan amaliyotlarni amalga oshira oladigan o‘z sohalarining yetakchilari hisoblanishadi. Bunda ular tibbiyotning eng so'nggi metodlari va texnologiyalaridan foydalanishadi. Sizning qulayligingiz va xavfsizligingiz bizning ustuvor vazifamizdir. Jarrohlik bo'limiga kirganingizdan boshlab siz har qanday tashvishlarni yengillashtirish va jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, sog’ayganinggizga qadar iloji boricha muammosiz, xotirjam muhitni boshdan kechirasiz. Bizning g'amxo'r va ehtiyotkor xodimlarimiz sizga har bir qadamda hamrohlik qiladi va har qanday savollaringizga javob beradi.
Qon tomir jarrohligi (angiojarrohlik) arteriya va tomirlar kasalliklarini tashxislash va davolashga ixtisoslashgan tibbiyot sohasidir. Uning tomir kasalliklarini o'rganadigan tor sohasi flebologiya (tomir kasalliklari haqidagi fan) deb ataladi.
Torakal jarrohligi ko'krak qafasi organlariga ta'sir qiladigan va jarrohlik va kuzatuvni talab qiladigan barcha kasalliklar bilan shug'ullanadi.
Yuz-jag' jarrohligi; stomatologiyaning ushbu sohalarga ta'sir qiluvchi turli kasalliklarni tashxislash va jarrohlik yo'li bilan davolash bilan shug'ullanadigan bo'limidir. Yuz-jag' jarrohligi, jarrohlik va stomatologiya bilimlarini birlashtiradi.
Klinika mutaxassislari yuz sohasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradilar:
Yuqori qovoq blefaroplastikasi
Pastki qovoq blefaroplastikasi
Pastki qovoqlarning transkon’yunktival blefaroplastikasi
Kantopeksiya
Yuqori qovoqda dekorativ burma hosil qilish (Sangapuri)
Cheek-lifting (ko‘z osti sohasining vertikal liftigi)
Qosh va peshonaning endoskopik liftigi
Qosh, peshona va yuzning o‘rta qismini endoskopik lift qilish
Yuz lipofillingi
Facelift (yuzni taranglashtirish)
Bo‘yin liftigi
Yuqori lab plastikasi (Bullhorn, Corner Lift)
Quloq suprasining shakli va joylashuvini korreksiya qilish uchun quyidagi operatsiya amalga oshiriladi:
Otoplastika (chiqib turgan quloqlarni korreksiya qilish)
Tana konturlarini yaxshilash va mahalliy yog‘ to‘planmalarini bartaraf etish uchun quyidagi muolajalar mavjud:
Iyak liposaksiyasi
Bo‘yin orqa qismidagi yog‘ to‘planmasi (holka) liposaksiyasi
Tananing alohida zonalari liposaksiyasi
Kimyo University Hospital sut bezlari bo‘yicha zamonaviy operatsiyalarni taklif etadi:
Mastopeksiya (ko‘krakni ko‘tarish)
Augmentatsion mammoplastika (ko‘krakni kattalashtirish)
Reduksion mammoplastika (ko‘krakni kichraytirish)
Tana estetik konturlarini tiklash uchun quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
Abdominoplastika
Miniabdominoplastika
Kimyo University Hospital plastik jarrohlari quyidagi rekonstruktiv operatsiyalarni ham bajaradilar:
Chandiq va keloidlarni olib tashlash
Yaxshi sifatli teri va yumshoq to‘qima o‘smalarini olib tashlash
Operatsiyadan yoki travmadan keyingi nuqsonlarni korreksiya qilish
Barcha operatsiyalar batafsil konsultatsiya va kompleks tekshiruvdan so‘ng amalga oshiriladi. Individual yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya qilish tabiiy va estetik natijalarga erishish imkonini beradi.
Neyrojarrohlik — bosh miya, orqa miya va asab tizimi kasalliklarini jarrohlik usullari yordamida tashxislash va davolashga ixtisoslashgan tibbiyot sohasi.