Kimyo University Hospital — Toshkentdagi zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lib, angiografiya, interventsion kardiologiya va endovaskulyar jarrohlik yo‘nalishlarida yuqori malakali tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Markazimizda yurak-qon tomir, bosh miya tomirlari, periferik arteriyalar va venalar kasalliklarini zamonaviy, kam invaziv usullar bilan tashxislash va davolash amalga oshiriladi.
Zamonaviy angiografik uskunalar va tajribali mutaxassislar jamoasi yordamida ko‘plab kasalliklarni katta kesmalarsiz, tomir orqali davolash imkoniyati mavjud.
Angiografiya nima?
Angiografiya — qon tomirlarini kontrast modda va maxsus rentgen uskunalari yordamida tekshirish usulidir. Ushbu tekshiruv tomirlardagi torayish, tiqilib qolish, anevrizma va boshqa patologik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.
Ko‘plab holatlarda angiografiya nafaqat tashxis qo‘yish, balki davolash muolajasini ham bir vaqtning o‘zida amalga oshirish imkonini beradi.
Angiografiya qachon tavsiya etiladi?
• Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar
• Yurak ishemik kasalligiga shubha bo‘lganda
• Miokard infarktidan keyingi holatlarda
• Bosh miya tomirlari torayishida
• Insult xavfi mavjud bo‘lganda
• Oyoqlarda qon aylanishi buzilganda
• Buyrak arteriyalari torayishida
• Diabetik oyoq sindromida
• Tug‘ma yurak nuqsonlarida
• Bachadon miomasi va adenomiozda
• Varikoz va venoz kasalliklarda
• Onkologik kasalliklarda
Kimyo University Hospital'da bajariladigan endovaskulyar amaliyotlar
Yurak-qon tomir amaliyotlari
• Koronar angiografiya (koronarografiya)
• Yurak koronar arteriyalarini stentlash
• Tug‘ma yurak nuqsonlarini tashxislash va kateter orqali davolash
• Obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyada spirtli ablatsiya
Bosh miya tomirlari amaliyotlari
• Bosh miya arteriyalarining ekstrakranial va intrakranial segmentlari stenozlarini stentlash
• Arterio-venoz malformatsiyalarni embolizatsiya qilish
Magistral va periferik arteriyalar amaliyotlari
• O‘mrov osti arteriyasini stentlash
• Buyrak arteriyalarini stentlash
• Boshqa magistral arteriyalar stenozlarini stentlash
• Oyoq arteriyalarining ballonli angioplastikasi
Diabetik oyoq sindromini davolash
Qandli diabet tufayli oyoq tomirlarida qon aylanishi buzilgan bemorlarda oyoq arteriyalarining ballonli angioplastikasi amputatsiya xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Venoz kasalliklarni davolash
• Mey-Terner sindromini zamonaviy davolash
• Varikotsele davolash
• Posttrombo flebitik sindromda venalarni rekanalizatsiya qilish
Ayollar salomatligi bo‘yicha amaliyotlar
• Bachadon miomasida bachadon arteriyalari embolizatsiyasi
• Adenomiozda bachadon arteriyalari embolizatsiyasi
• Chanoq varikozi embolizatsiyasi
Urologik amaliyotlar
• Prostata bezi adenomasi embolizatsiyasi
Onkologik va maxsus amaliyotlar
• Jigar va boshqa onkologik kasalliklarda selektiv ximioembolizatsiya
• Gipersplenizmda taloq arteriyasining qisman embolizatsiyasi
• Katta jarrohlik amaliyotlari oldidan qon ketishini kamaytirish maqsadida tomir okklyuziyasi
Dializ va tomir kirish yo‘llari amaliyotlari
• Dializ bemorlarida arterio-venoz fistula angioplastikasi
• Kimyoterapiya uchun venoz port o‘rnatish
• Kava-filtr o‘rnatish
Qalqonsimon bez tugunlarini operatsiyasiz davolash
• Tugunli buqoqda mikrotolqinli (termal) ablatsiya
Endovaskulyar davolashning afzalliklari
• Katta kesmalarsiz davolash
• Kam invaziv muolajalar
• Tiklanish davrining qisqaligi
• Kasalxonada yotish muddatining qisqarishi
• Zamonaviy tasvir nazorati ostida davolash
• Ayrim hollarda tashxis va davolashning bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi